"Maxachev va Della Maddalena o'rtasidagi jang qaysi oyga belgilanishi muhim emas. Islam va Jek o'rtasidagi jang shu yil o'tkaziladi, bu 100% aniq. Men u bilan hozirgina suhbatlashdim. U allaqachon kuniga ikki marta mashg'ulot o'tkazyapti, jangga tayyorgarlik ko'ryapti. Menda Della Maddalena ham shug'ullanayotgani haqida malumot bor. Uch-to'rt oydan keyin ikki yuqori saviyali sportchi o'rtasida jang bo'ladi", deydi menejer.