Jastin Ligadan chempionlik kamari uchun jang yoki katta gonorar so'rayapti. Bu haqda uning o'zi "Makeshift" podkastida aytib o'tdi. Avvalroq u agar UFC Iliya Topuriya - CHarlz Oliveyra jangi g'olibi bilan chempionlik kamari uchun jang bermasa, faoliyatini yakunlashini aytgan edi.
"Men edi shunchaki jang o'tkazmayman. YO kamarga yoki katta gonorar uchun oktagonga chiqishga rozi bo'laman. So'nggi 4 ta jangdagi rekordim 3-1! Men bir maromda jang o'tkazib kelayotgan kamsonli jangchilardan biriman. Tashkilot 4 ta jangda 2 mag'lubiyati bor Oliveyraga chempionlik jangi taqdim etdi. Bu adolatdan emas. Har qanday tashkilot yaxshi mehnat qilayotgan xodimini rag'batlantiradi. Men hozircha bu narsani ko'rmadim", - dedi Getji.
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi