SportUz.Net

Eddi Xirn: "2026 yil Joshua uchun sportdagi so'nggi yili bo'lishi mumkin"

13.06.2025 09:33    


Rasmni yuklab olish

Super og'ir vazn toifasidagi britaniyalik sobiq chempion Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozining istefoga chiqishi ehtimoli haqida gapirdi.

"Entoni Joshua so'nggi jangini bir yil oldin o'tkazgandi. U operaciyadan qaytyapti. Tayson Fyuri Joshua bilan bir vaqtning o'zida jang qilishga tayyor bo'ladi deb o'ylamayman. Tasavvurimcha, Entonining keyingi raqibi unga 2026 yili bo'ladigan katta jangga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. 2026 yil Entonining sportdagi so'nggi yili bo'lishi mumkin. O'ylashimcha, unda yana uchta jang qoldi. ", dedi Xirn.

35 yoshli Joshua so'nggi bor o'tgan yilning sentyabr oyida Daniel Dyubuaga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy bergan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: