SportUz.Net

G'iyosov bilan jang qilishi kerak bo'lgan Jeyron Ennis Isroil Madrimovning vazniga o'tyapti

13.06.2025 11:48    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda bir vaqtning o'zida G'iyosov va Ennisning promouteri bo'lgan Eddi Xirn xabar berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Jeyronning super yarimo'rta vazn toifasiga ko'tarilishi aniq bo'lib ulgurdi.

"Jeyron ko'tarilyapti. Afsuski, Stanionis bilan jangdan keyin uning jamoasidagilar, xususan shifokorlar va Ennis topshirgan test natijalari uning o'z darajasidan pastda ekanini ko'rsatdi", deydi Xirn.

Malumot uchun, yarimo'rta vazn toifasida WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Jeyron Ennis keyingi jangini WBA yo'nalishi bo'yicha o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosovga qarshi o'tkazishga majbur. U o'tayotgan super yarimo'rta vazn toifasida esa boshqa bir hamyurtimiz — WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov faoliyat yuritadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: