Tashkilot engil vazn toifasida avvalroq IBF vaqtinchalik kamarini qo'lga kiritgan Reymond Muratallani to'liq IBF chempioni darajasiga ko'tardi. Endi Kruz va Xironori Mishiro 14 iyun kuni majburiy davogar kim bo'lishini aniqlab beradi.
"IBF janob Lomachenkoni o'zining sobiq chempionlar ro'yxatiga kiritishdan faxrlanadi. Uning ham professional ringdagi, ham havaskor yutuqlari chindan ham ajoyib. U bokschilarning avlodlarini ilhomlantirishda davom etadigan qatiyat va sport mahorati merosini qurdi", deyiladi bayonotda.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Lomachenko so'nggi bor 2024 yilning may oyida Jorj Kambososga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi.