SportUz.Net

Junto Nakatani Naoya Inouega: "Ortingdan boryapman, meni kut!"

10.06.2025 13:33    


Rasmni yuklab olish

Eng engil vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Junto Nakatani birlashtiruvchi jangida Ryosuke Nishida ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi.

"Ryosuke Nishidadek buyuk jangchini mag'lub etib, ikki chempionlik kamarini o'z qo'limda birlashtirganimdan juda xursandman. Bu chempionlar o'rtasidagi haqiqiy jang bo'ldi, men aynan shunday g'alaba qozonishni xohlagandim.

Naoya Inoue bilan jang? Ortingdan boryapman, iltimos, meni kutib tur", dedi Nakatani.

Ikkinchi eng engil vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouening navbatdagi jangi 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga qarshi bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: