SportUz.Net

Doston Bozorov: "CHempionlik kamarimni 100 % vakant qoldiraman"

10.06.2025 13:15    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida Octagon League chempioni, o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Doston Bozorov kelgusi rejalari haqida gapirdi.

"Kamarimni 100 % vakant qoldiraman, faqat o'zbek sportchilariga. Bizning vaznda o'zbeklar juda kuchli. SHu sizlardan duo qilishlaringizni so'raymiz. O'zbek sportchilari kamarni saqlab qolishini istardim. CHunki men bu chempionlik kamarini bir yildan oshiqroq vaqt davomida o'zimda saqlab turdim. 

Agar Octagon League'da qolganimda, bundan ham ko'proq vaqt o'zimda qolardi. Endi Xudo xohlasa, yangi maqsadlar bor. Yangi cho'qqilarni zabt etish uchun harakat qilyapmiz. SHuning uchun, kamarni vakant qoldiraman. O'zbek sportchilari bu kamarni olishiga umidvorman", dedi Bozorov SportUz.Net muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan suhbatda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: