SportUz.Net

Bogdan Guskovning murabbiyi Krilov bilan jang uchun taxminini aytdi

04.06.2025 19:39    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchimiz Bogdan Guskovning murabbiyi Grigoriy Arustamyan sportchimizning 26 iyul kuni Nikita Krilovga qarshi bo'ladigan janglari haqida fikr bildirdi.

- Bogdanning tayyorgarligi qanday ketmoqda?

- U bungacha ham yaxshi formada edi. SHunchaki uni janggacha tayyorlamoqdamiz. Tezkorlik, chidamlilik doimo kerak va asosiy etiborni shunga qaratyapmiz. 


- Uning jangi uchun taxminingiz qanday? 

- Faqat va faqat g'alaba. Biz faqatgina g'alaba uchun mashg'ulotlar olib boryapmiz. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. 


- Bogdan qay tarzda g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz? To'liq davom etadimi yoki finish ko'ramizmi? 

- Buni oldindan aytish qiyin. Sport nimaligini juda yaxshi bilamiz. Biz hozir istalgan gapni aytishimiz mumkin. Lekin shuni aytishim kerakki, u tayyor. Ammo buni qay tarzda amalga oshiradi, o'sha payt ko'ramiz, - dedi murabbiy SportUz.Net sayti jurnalisti Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: