SportUz.Net

Nassurdin Imavov navbatdagi jangini qaerda o'tkazishi malum bo'ldi

05.06.2025 19:12    


Rasmni yuklab olish

Agar Nassurdin Imavov Drikus Dyu Plessi va Xamzat CHimaev jangida o'rinbosar sifatida kerak bo'lmasa, u holda UFC’ning 6 sentyabr kuni Parijda o'tadigan turnirda qatnashadi.

Bu haqda Franciya sharafini himoya qilayotgan dog'istonlik jangchi ijtimoiy tarmoqda malum qildi:

"Men reytingda birinchi o'rinda qolib ketmoqchi emasman. 16 avgust kuni bo'ladigan chempionlik jangi uchun tayyorgarlik ko'ryapman. Agar hech kim jangdan chiqib ketmasa, unda Parijdagi turnir uchun  raqib topamiz. Bizda UFC bilan ana shunday kelishuv bor!", – deb yozdi Imavov.

SHuningdek, Imavov chempion bo'lgandan so'ng vatani Dog'istonga borish niyati bor-yo'qligi haqidagi savolga javob berdi:

"Kamarni Dog'istonga olib boramiz", – deb vada berdi u.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: