Itaumaning ringga qaytishi 19 iyul kuniga mo'ljallangan. Uning promouteri Frenk Uorrenning aytishicha, raqib nomi yaqin kunlarda elon qilinadi. Muallif fikricha, Mozesga munosib raqib sifatida Baxodir Jalolov (15-0, 14 KO) to'g'ri keladi.
"Mozesni kuchli raqiblarga qarshi qo'yish kerak, shunda u haqiqatan ham "999 probali oltin"mi yoki yo'qmi — bilib olamiz. Agar uning zaif tomonlari ko'rinib qolsa, demak, u qalbaki oltin va undan voz kechish mumkin.
19 iyul kuni uni kimga qarshi chiqarish kerak: Jozef Parker, Richard Torres, Baxodir Jalolov, Daynier Pero, Filip Xrgovich, Martin Bakole, Jan Jiley, Efe Ajagba, Endi Ruis, Jared Anderson", — deyiladi maqolada.