SportUz.Net

Bahodir Jalolovga 20-0 rekordga ega raqibni maslahat berishdi

05.06.2025 16:30    


Rasmni yuklab olish

Boxingnews24.com jurnalisti Deniel Makglinchi britaniyalik og'ir vaznli bokschi, prospekt Mozes Itaumaning (20-0, 10 KO) kelajagi haqida fikr bildirdi.

Itaumaning ringga qaytishi 19 iyul kuniga mo'ljallangan. Uning promouteri Frenk Uorrenning aytishicha, raqib nomi yaqin kunlarda elon qilinadi. Muallif fikricha, Mozesga munosib raqib sifatida Baxodir Jalolov (15-0, 14 KO) to'g'ri keladi.

"Mozesni kuchli raqiblarga qarshi qo'yish kerak, shunda u haqiqatan ham "999 probali oltin"mi yoki yo'qmi — bilib olamiz. Agar uning zaif tomonlari ko'rinib qolsa, demak, u qalbaki oltin va undan voz kechish mumkin.

19 iyul kuni uni kimga qarshi chiqarish kerak: Jozef Parker, Richard Torres, Baxodir Jalolov, Daynier Pero, Filip Xrgovich, Martin Bakole, Jan Jiley, Efe Ajagba, Endi Ruis, Jared Anderson", — deyiladi maqolada.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: