U Garsiyaga faoliyatini vaqtincha to'xtatishni va jarohatlaridan to'liq qutulib, faqat 2026 yildan boshlab janglarga qaytishni maslahat berdi.
"Yaqinda u operaciya qildirdi. Endi elkasini tekshirtirmoqchi. Men Rayan bir yillik tatil haqida o'ylab ko'rishini istardim. U o'zini yaxshi his qilishi uchun fikrlarini barqarorlashtirishi kerak. U hech narsani yo'qotmaydi. Uning jarohatlari bor va ularni davolash kerak.
Yanada muhimrog'i — u o'z hayotini yo'lga qo'yishi lozim. Men bunday vaziyatlarni boshdan kechirganman. Deyarli barcha unga nimalarnidir maslahat beryapti, u esa shoshilib hammasiga javob qaytarmoqchi. U tin olib, ortga qadam tashlagan holda hayotini tahlil qilib chiqishi kerak. Bu mening shaxsiy fikrim. Umid qilamanki, bir yillik tanaffus oladi va mening gapimni eshitadi", — deydi Oskar The Ring nashriga.
Eslatib o'tamiz, Garsiya o'zining so'nggi jangini 2025 yil may oyida o'tkazgan va unda Rolando Romeroga hakamlar qarori bilan yutqazgandi.