"Bu yil yana ikki marta jang qilishni istayman. Kori Sendxagen jangga tayyor ko'rinadi. Biz hali oktagonda to'qnashmaganmiz. U — kuchli raqib, o'z uslubiga ega, ko'plab top-sportchilar bilan jang qilgan.
Qisqa vaqtda yana bir jang o'tkazishga qarshi emasman. Yil oxirida, ehtimol, Nyu-Yorkda yoki yangi uyim — Las-Vegasda jang qilmoqchiman”, — dedi Dvalishvili BJ Penn nashriga.