SportUz.Net

Nursulton Ro'ziboev nima uchun Bo Nikalni jangga chorlaginini aytdi

03.06.2025 12:51    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev amerikalik Bo Nikal bilan jang qilish istagidan qaytmadi.

"Bo Nikalning janglarini oldindan ko'rib yurardim. To'g'ri, zo'r kurashchi, lekin bu to'qnashuvni MMA sport turi doirasida o'zim uchun oson jang bo'ladi, deb o'ylayman. Oson deganda muddatidan oldin yutaman, degani emas. 

SHunchaki, menga qulay raqib, deb o'ylayman. So'nggi jangida yutqazdi, to'g'ri. Oldin u top o'rinlarda edi, men esa yo'q. Agar yutganida men bilan aniq jang berilmasdi. Hozir u top o'rinlardan tushgan, men esa bunga yaqinman. 

SHunday ekan, bu jang bo'lib qolishi mumkin, deb o'ylayapman", dedi Ro'ziboev.

Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev so'nggi jangini 19 may kuni Germaniya vakili Dastin Stolcfusga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi va aynan shu jang yakunida Nikalga chaqiruv tashlagandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: