West Till Death nashrining malum qilishicha, ushbu turnir doirasida yarimengil vazn toifasida Liga chempionligi uchun sobiq davogar Diego Lopes istiqbolli jangchi sifatida qaralayotgan Jin Silvaga qarshi bahs olib boradi. Oqshomning markaziy jangi esa Maks Xollouey hamda Dastin Pore o'rtasida kechadi.
Eslatib o'tamiz, Lopes o'zining so'nggi jangini aprel oyidagi UFC 314 turniri doirasida Aleksandr Volkanovskiga qarshi olib borgan va ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib, titulni qo'lga kiritish imkoniyatidan foydalana olmagandi.
O'sha turnirda qatnashgan Jin Silva esa Brays Mitchell ustidan muddatidan avval g'alaba qozongan edi.