SportUz.Net

"Sana va manzil aniq". Tom Aspinall navbatdagi jangi bo'yicha yangilikni elon qildi

03.06.2025 08:39    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasidagi UFC'ning vaqtinchalik kamari sohibi Tom Aspinall keyingi jangi sanasi va joyi malum bo'lganini aytdi.

Sportchi hozircha barcha tafsilotlarni oshkor etishga shoshilmadi.

"Yigitlar, tez orada buni bilib olasiz. Bu og'ir vazn toifasi uchun hayajonli vaqt. Biz biroz oldinga siljidik. Sizga bir narsa aytaman. Menda allaqachon sana va manzil bor", deb yozdi Aspinall.

Tom Aspinall shu kungacha 18 ta jang o'tkazib, shulardan 15 tasida g'alaba qozongan va 3 tasida mag'lubiyatga uchragan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: