Tashkilotchilar ushbu oqshomdan o'rin olgan navbatdagi ikki jangni muxlislar etiboriga taqdim etishdi.
Unga ko'ra, o'rta vazn toifasi UFC reytingida sakkizinchi o'rinda borayotgan Gruziya vakili Roman Dolidze AQSH vakili, to'qqizinchi pog'onadagi Entoni Ernandesga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Bundan tashqari, o'ta engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun sobiq davogar Stiv Erceg ushbu turnir doirasida Aleks Peresga qarshi jang qiladigan bo'ldi.