Hamyurtimiz 14 iyun kuni Dubay shahridagi Coca Cola Arena majmuasida tashkil etiladigan MMA bo'yicha 971 Fighting Ligasida ishtirok etadi.
O'sha kuni Ahtamovga JAR vakili Adrian Sanches raqiblik qiladi.
Aslida, Mirafzalning PFL Ligasi bilan shartnomasi mavjud va yurtdoshimiz keyingi janglarini aynan mazkur promoushenda o'tkazishda davom etadi.
Malumot o'rnida, 32 yoshli buxorolik Mirafzal Ahtamov faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. 33 yashar Adrian Sanches hisobida esa 7 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat mavjud.