Yaponiyalik 32 yoshli bokschi vaznini o'zgartirishga hozircha jiddiy sabab ko'rmayotganini aytdi.
"Hozircha birinchi yarimengil vazn toifasida qiynalmayapman. Bemalol vazn qila olyapman. SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki, hali divizionda qolaman va chempionlik himoya janglarimni davom ettiraman", — dedi Inoue.
Malumot uchun, 4 may kuni amerikalik Ramon Kardenasni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan Naoya navbatdagi jangini 14 sentyabr kuni Tokioda hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga qarshi o'tkazadi. CHarm qo'lqop ustamiz ayni paytda vaqtinchalik WBA kamari sohibi bo'lib turibdi.
Inouening keyingi rejasida Yaponiyada katta jang o'tkazish bor. U vatandoshi Dzyunto Nakataniga qarshi ringga chiqishni maqsad qilgan. Bu jangga Kunchiqar yurtda qiziqish juda yuqori.
"Katta ehtimol bilan kelasi yilning may oyida", — dedi Inoue Nakataniga qarshi jang haqida gapirib.