SportUz.Net

Entoni Joshua "Uotford" futbol klubi akciyalarini sotib olishi mumkin

07.05.2025 18:30    


Rasmni yuklab olish

Professional boks bo'yicha britaniyalik sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Angliyaning "Uotford" futbol klubi ulushini sotib olishga qiziqishi haqida gapirdi.

— Uotford futbol klubining ulushiga qiziqishingiz haqida xabarlar paydo bo'ldi. Bu haqda yangilik ayta olasizmi?

"Biz xususiy kapital va venchur kapital maydoniga kirmoqchi edik. Pul topsangiz, uni ushlab qolishni xohlashingiz odatiy hol. SHuning uchun men o'z pulimni behuda sarflash o'rniga, mablag'imni muayyan aktivlarga sarmoya qilishga harakat qilaman. Bu o'zini namoyon qilgan imkoniyat edi. Hali hech narsa bo'lmadi. Bu jiddiy investiciya. Agar kelishuv amalga oshsa, bu muvaffaqiyatli sarmoya bo'lishi kerak. Bo'lmasa, baribir ularga omad tilayman. Ular ajoyib jamoa".

— Eshitishimizcha, siz Saudiya Arabistonidan kapital jalb etish, sarmoya olish va klubni Premer-ligaga qaytarishni xohlayapsiz.

"Agar ular Premer-ligaga qaytsa, Market-stritda do'kon ochishim kerak, chunki Uotford orqali odamlar oqimi aql bovar qilmaydigan darajada bo'ladi. Men o'sib-ulg'ayganimni va bozor ko'chasida futbol muxlislarini tomosha qilganimni eslayman. O'zim futbol muxlisi emasman, lekin ko'chalarni to'ldirgan muxlislarni ko'rish hayratlanarli edi", deydi Joshua.

35 yoshli britaniyalik bokschi Uotfordda tug'ilgan.

"Uotford" 2024/25 yilgi mavsumni Angliya futbolining ikkinchi darajali Ligasi bo'lgan CHempionshipda 14-o'rinda yakunladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: