Musobaqaning markaziy bellashuvida yarim o'rta vazn chempioni Bilol Muhammad avstraliyalik davogar Jek Della Maddalena bilan bahs olib boradi.
SportUz.Net jurnalistlari ushbu jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Kamoliddin Alimov (SportUz.Net bosh muharriri):
"Ikkisi ham deyarli bir yil jang qilmadi, ikkisini ham jangi qoldirildi o'rtada. Raqobatbardosh jang bo'ladi. Maddalena ettita jangdan beri yutqazmay kelyapti, lekin tajriba yuzasidan Bilol ustunroq. SHu yuzasidan imkoniyatlar 55 % ga 45 %, ustunlikni Bilolga bergan bo'lardim. Jek ham o'z imkoniyatidan maksimal foydalanishga harakat qiladi. SHunday ekan, bu jangga taxmin bildirish qiyin ekan. Lekin chempion Bilolning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Jang to'liq davom etsa kerak".
Aziz To'xtamurodov (SportUz.Net muharriri):
"Bilol Muhammad nihoyat kamarini himoya qiladi. Uning SHavkat Rahmonov bilan jangini kutgandim. Ammo hozircha bu jang tashkil etilmadi. Maddalenaga qarshi jangda Bilol tajriba bobida ustun hisoblanadi va jangni nazorat qilsa kerak. SHuningdek u Nurmagomedovlar jamoasi bilan shug'ullanib, kurashini yanada kuchaytirib olgan bo'lishi kerak. Taxminim: Bilol Muhammad ochkolar evaziga g'alaba qozonadi. P.S: Engil vaznda Maxachev - Topuriya jangini ko'rishni istayman :)".
Sarvinoz Raxmonqulova (SportUz.Net jurnalisti):
"Bu jangda Bilol Muhammad yutadi. Unga muxlislik qilaman".
Diyorbek Mavlonov (SportUz.Net jurnalisti):
"Muxlislik borasida menda har ikki jangchiga nisbatan umuman simpatiya yo'q. Lekin Maddalenaning faoliyatini o'rta vazndagi chempion — Drikyus Dyu Plessinikiga o'xshtaman, ko'pchilik past baho beradi, lekin u muxlislarga aksini ko'rsatadi. SHunday ekan, ertangi jangda men ham autsayder sifatida ko'rilayotgan Jek Della Maddalenadan g'alaba kutaman".
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi
Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi