Musobaqa doirasida yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi SHohasan Mirzamatov eronlik Farzad Gaderi bilan bahs olib borishi kerak edi.
Biroq bugun bo'lib o'tgan vazn o'lchash va face to face marosimida malum bo'lishicha, Mirzamatovning raqibi o'zgargan. Endi SHohasan Qirg'iziston vakili Abilkassim Yakubov bilan jang qiladi. Gaderining turnirda qatnasha olmasligi sababi aytilmagan.
Malumot uchun, 34 yoshli SHohasan faoliyati davomida hozirga qadar 18 ta jang o'tkazib, ularning 14 tasida g'alaba qozongan, 4 ta jangda imkoniyatni boy bergan. Abilkassim Yakubov hisobida esa 12 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat mavjud.
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi
Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi