U avvalroq Kanelo bilan "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi orqali hamkorlik qilgan. Bugungi kunda ham u meksikalik jangchi bilan ishlashni boshlagan.
3 may kuni Alvares Riyadh Season doirasidagi shartnoma asosida Uilyam Skallga qarshi to'rtta jangdan birinchi bo'lib o'tkazdi. 12 sentyabr kuni esa u yilning eng yirik janglaridan biri doirasida Terens Kroufordga qarshi ringga chiqadi.
"Kanelo shubhasiz boksdagi eng aqlli biznesmen. Men hayotimda u kabi zehnli sportchini uchratmaganman. Biz unga yangi bosqichni zabt etishda yordam beramiz. U milliard dollarlik darajani bosib o'tadigan birinchi bokschiga aylanadi. Men bunga hech shubha qilmayman. Qachon? Ehtimol, keyingi yilning o'zida", - dedi SHifer.
Forbes nashriga ko'ra, Kanelo boksdagi professional faoliyati davomida taxminan 600 million dollar ishlab topgan.