SportUz.Net

Uch kundan keyin Toshkentda o'tkaziladigan Octagon 72 turniri asosiy janglarining biridan mahrum bo'ldi

08.05.2025 09:33    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 11 may kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" saroyida Octagon 72 turniri bo'lib o'tadi.

Musobaqa doirasida taniqli aralash yakkakurash ustamiz Muhiddin Mamajonov qozog'istonlik Sayat Abdualiga qarshi jang o'tkazishi kerak edi.

"11 may kuni Octagon Ligada jangim bor edi. Lekin afsus, bekor bo'ldi. Sababi, mashg'ulotlarda jarohat oldim. Qo'limni sindirib oldim. Hammadan uzr so'rayman. O'zim ham juda kutayotgandim bu jangni. Afsus, biz o'ylagan narsa har doim ham bo'lavermas ekan. Allohning aytgani bo'ladi, bunga shubha qilmaganman. Xudo xohlasa, tez orada sog'ayib, mashg'ulotlarni davom ettiramiz va oktagonga qaytamiz", deydi Mamajonov.

Endi Muhidin Mamajonovning o'rniga boshqa bir o'zbek sportchisi Sanjar Erkinov Sayat Abduali bilan jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: