SportUz.Net

Og'abek "Saturn" MMAdagi ikkinchi jangini o'tkazdi

11.05.2025 21:21    


Rasmni yuklab olish

Octagon 72 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan ilk bellashuv yakunlandi.

Unda engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Og'abek "Saturn" Abdumo'minov Qozog'iston vakili Marselen Kamatega qarshi oktagonga ko'tarildi.

3 raundlik jang ikkinchisida muddatidan oldin yakunlandi. "Saturn" raqibini bo'g'ish usuli orqali taslim etdi.

SHu tariqa, "Saturn" faoliyatidagi ikkinchi jangida ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Kamate esa debyut bellashuvida mag'lubiyatni qabul qilib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: