SportUz.Net
iks
ads

Bilol Muhammad kechagi mag'lubiyatiga ilk bor munosabat bildirdi

12.05.2025 10:24    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, amerikalik Bilol Muhammad kecha Kanadaning Monreal shahrida bo'lib o'tgan UFC 315 turnirining markaziy jangida mag'lub bo'lgandi.

Turnirning asosiy jangida Bilol avstraliyalik Jek Della Maddalena bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berdi.

"Allohning rejasi eng zo'ridir. Barchasi uchun Alhamdulillah. Meni qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat. Men bu holatda avval ham bo'lganman. Hali qaytaman", deya mag'lubiyatidan keyin ilk bor post qoldirdi Muhammad.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: