Musobaqa doirasida o'zbekistonlik taniqli bloger Erali Boyqobilov tojikistonlik Bobochoni "Rodnoy" Xolmurod bilan jang qildi.
Bellashuv MMA qoidalari asosida kechdi.
3 raund etib mo'ljallangan jang to'liq davom etib, yakunda ochkolar hisobiga ko'ra hamyurtimiz o'z g'alabasini nishonladi.
Bu har ikki kichik bloger uchun MMAdagi debyut jangga aylandi. Bungacha Erali o'tgan yili boks jangida Abdurozik bilan durang qayd etgandi.