SportUz.Net

Milliy federaciyalar Olimpiadaning boks musobaqasidagi vazn toifalari bo'yicha etiroz bildirishyapti

07.05.2025 11:42    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, World Boxing tashkiloti tomonidan Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi uchun vazn toifalari rasman elon qilingan edi.

Hozirda bir nechta Milliy boks federaciyalari, xususan Xitoy rasmiylari World Boxing federaciyasiga murojaat qilib, bu borada o'z etirozini bildirgan. Bu yildan aynan World Boxing tashkiloti Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan boks musobaqalarini tashkil etish va o'tkazishga masul etib belgilangan. 

Norozi bo'layotgan milliy federaciyalar vazn toifalarini qayta ko'rib chiqishni so'rashmoqda. Irish News nashri xabariga ko'ra, Xitoy poziciyasini Irlandiya boks federaciyasi ham qo'llab-quvvatlamoqda. Irlandiyaliklar Olimpiya o'yinlarida bir necha bor engil vazn toifalarida medallarni qo'lga kiritishgan. Bu ikki davlat aynan engil vaznlarni qo'shish bo'yicha so'rov kiritishgan.  

SHuningdek, qator milliy federaciyalar erkaklar o'rtasidagi vaznlarning eng engil vaznning olib tashlanishi evaziga kamaytirib, 7 taga tushirib qo'yilganiga ham norozilik bildirishgan. Los-Anjeles Olimpiadasidagi eng engil vazn 55 kg bo'ladi. 2020 va 2024 yilgi Olimpiya o'yinlarida mos ravishda 52 hamda 51 kg vazn toifalarida medallar o'ynalgan. Rio-2016 Olimpiadasida 49 kg vaznda ham janglar tashkil etilgan. Hasanboy Do'smatov Rio va Parij Olimpiadalarida terma jamoamizga oltin medalni taqdim etgan edi. 

Eslatib o'tamiz, yangi Olimpiya ciklida erkaklar 55, 60, 65, 70, 80, 90, +90 kg, ayollar esa 51, 54, 57, 60, 65, 70 va 75 kg vazn toifalarida to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi medallari uchun bahs olib borishadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: