Ushbu jangning 7 iyun kuni AQSHning Nyuark shahrida tashkil etiladigan UFC 316 turniri kardida o'tkazilishi belgilangandi. Yarimog'ir vazn toifasi vakili hisoblangan Uokerning nima sababga ko'ra bu jangda echilgani malum emas. Endi uning o'rnini vatandoshi Brendson Ribeyro egallaydi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Azamat Murzakanov o'tgan yilning avgust oyida UFC promoushenidagi o'zining to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. O'shanda u Alonozo Menifildni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. Ammo keyin 36 yoshli rossiyalikning doping sabab noyabr oyida vatandoshi Nikita Krilovga qarshi o'tkazilishi belgilangan jangi bekor qilingandi. Kuni kecha uning olti oylik diskvalifikaciyasi yakuniga etdi.
Brendson Ribeyro esa ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. Avvaliga Kayo Machadoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etildi. Keyin esa u kimura usulida Diyar Nurgojaydan ustun keldi. Undan avval braziliyalik 28 yoshli aralash yakkakurash ustasi Minyan CHjanga nokaut, Magomed Gadjiyasulovga ochkolar hisobi bilan yutqazib qo'ygandi.
Darvoqe, ikkinchi bor jangi bekor bo'lgan Jonni Uoker hamyurtimiz Bogdan Guskovning jamoadoshi hisoblanadi. Yodingizda bo'lsa, bu ikki do'stning o'zaro jangi ham belgilangandi, ammo o'shanda ham Uokerning safdan chiqqanligi sabab bu to'qnashuv amalga oshmay qolgan edi.