Ushbu UFC 315 turniri kardidan ikkita chempionlik jangi o'rin olgan bo'lib, uning ishtirokchilari face to face marosimida ishtirok etishdi. Ayollar o'ta engil vazn (57 kg) toifasida amaldagi chempion, qirg'izistonlik Valentina SHevchenko o'z kamarini franciyalik Manon Fiorodan himoya qiladi.
Yarimo'rta (77 kg) vazn toifasida UFC chempioni bo'lib turgan asli kelib chiqishi falastinlik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Belal Muxammad asosiy jangda avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, 37 yoshli Valentina SHevchenko 2003 yildan MMA sportida. U 2015 yilda UFC oktagonida debyut qilgan va bugungacha ushbu promoushen bayrog'i ostida 13 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 durang natija qayd etgan. 35 yashar Manon Fioro esa 2017 yilda professional MMAdagi faoliyatini boshlagan. 2021 yildan to shu kungacha dunyoning eng kuchli ligasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. UFC`dagi g'alabalari soni 7 ta. Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmayapti.
Belal Muhammad 36 yoshda bo'lib, 2016 yildan to shu kungacha UFC jangchisi hisoblanadi. UFC 304 turnirida britaniyalik Leon Edvardsni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Uning hisobida 15 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor. Jek Della Maddalena 28 yoshda bo'lib, 2022 yildan UFC jangchisi hisoblandi. U 7 ta jangining barchasida g'alaba qozongan.