SportUz.Net

Muhammad Maddalenadan keyingi ehtimoliy raqibini aytdi

07.05.2025 08:36    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Bilol Muhammad Della Maddalenaga qarshi jangda zaxira varianti sifatida irlandiyalik Ien Machado Gerri tayinlanganiga munosabat bildirdi.

Gerri bir hafta avval Karlos Pratesni mag'lub etgandi.

"U yana vazn tashlaydimi? Bu arziydimi? CHunki men jangdan voz kechmayman, Jek ham Avstraliyadan uchib kelgan, u ham jangdan voz kechmaydi. Ien hozirgi toifada birinchi raqamli davogar yo'qligidan foydalanib, poygaga kirib olishga harakat qilyapti. SHavkatning qachon qaytishi nomalum, Bredi Edvardsga qarshi yaxshi jang qildi, Kamaru esa yaqinda Bakli bilan jang qilmoqchi. UFC nima qilishini hech qachon bilmaysan, lekin agar Kamaru g'alaba qozonsa, u navbatdan o'tib ketishi mumkin", - dedi Muhammad.

Malumot uchun, Kamaru Usman va Xoakin Bakli o'rtasidagi jang 14 iyun kuni Atlantada bo'lib o'tadigan UFC on ESPN 69 turnirining asosiy jangi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: