SportUz.Net

"Saturn" va yana bir hamyurtimiz Octagon 72'da jang qiladi

02.05.2025 17:00    


Rasmni yuklab olish

MMA bo'yicha Octagon 72 turniridan o'rin olgan ikkita jang elon qilindi.

Musobaqa 11 may kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida o'tkaziladi.

Turnir doirasida engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Og'abek "Saturn" Abdumo'minov (1-0) Qozog'iston vakili, debyutant Marselen Kamate bilan to'qnash keladi. Jang asosiy karddan o'rin olgan.



Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Saydatxon Nuriddinov (6-3-0) musobaqada ozarbayjonlik Emin SHarifovga (7-1-0) qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Nuriddinov fevral oyida yarim o'rta vazn chempioni Georgiy Kichigin bilan jang qilib, mag'lubiyatga uchragan edi.



SportUz.Net yaqinda pop-MMA jangchisi Og'abek "Saturn" bilan suhbat uyushtirgan edi. To'liq intervyuni tomosha qilishni maslahat beramiz:





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: