SportUz.Net

Bugun Havasbek Asadullaev rossiyalik tajribali raqibga qarshi ringga chiqadi

25.04.2025 08:27    


Rasmni yuklab olish

Bugun Rossiya Federaciyasining Ufa shahrida joylashgan "Wrestling Palace" majmuasida IBA.PRO 3 professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Havasbek Asadullaev Rossiya vakili Alan Xugaevga qarshi bahs olib boradi. Kecha bokschilar turnir oldidan vazn o'lchash marosimida qatnashib, yarimo'rta vazn meyorini bajarishdi. 

Ushbu bahs 25 yashar Asadullaev uchun professional boksdagi to'rtinchi jang bo'ladi. U bundan avvalgi barcha janglarida g'alaba qozongan. Ikkita jangida raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Hamyurtimiz prof karerasidagi so'nggi jangini 2022 yil iyun oyida Tursunboy Abdulhakimovga qarshi o'tkazib, zafar quchgan edi.

26 yashar Alan Xugaev hisobida esa 19 ta g'alaba bor. U g'alabalarining 9 tasini muddatidan ilgari qo'lga kiritgan. Bugungi boks oqshomi bizning vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: