SportUz.Net

Budapeshtdagi boks oqshomida yana bir hamyurtimiz jang qiladi

21.04.2025 13:03    


Rasmni yuklab olish

Avval xabar berganimizdek, 26 aprel kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi o'tkaziladi.

Musobaqa doirasida yana bir hamyurtimiz ringga ko'tarilishi aniq bo'ldi.

Ikkinchi eng engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan charm-qo'lqop ustasi Muhammad SHexov mazkur turnirda Venesuela vakili Orlando Morales bilan bahs olib boradi.

Bellashuv 8 raund etib belgilangan.

32 yashar Muhammad SHexov faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. U ohirgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida xitoylik Zong Liuga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan va vakant bo'lib turgan IBF Intercontinental kamarini qo'lga kiritgandi. Hamyurtimiz hozirda WBO reytingida 5-o'rinni egallab turibdi.

Uning bo'lajak raqibi, 20 yoshli Orlando Morales hisobida esa 13 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud.

Avvalroq, mazkur musobaqada SHohjahon Abdullaev va Komronbek Turg'unboev ham ringga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: