Nigeriyalik yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni UFC Fight Night 257 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqishga yaqin turibdi. Usman amerikalik Xoakin Bakli bilan jang qilishi mumkin deb xabar bermoqda Combat Casuals.
UFC Fight Night 257 turniri 14 iyun kuni AQSHning Atlanta shahrida bo'lib o'tadi. Kamaru o'zining so'nggi jangini 2023 yilning oktyabr oyida tashkil etilgan UFC 294 turnirida Xamzat CHimaevga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi. Nursulton Ro'ziboevga UFC`dagi yagona mag'lubiyatni taqdim etgan Bakli esa 14 dekabr kungi UFC on ESPN 63 turnirida vatandoshi Kolbi Kovingtonni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"