"Menimcha, Pimblett Getjini oson engadi. Unda kurash mahorati yo'q, Peddi esa buni biladi. Hech kim uning kimnidir bo'g'ib yutib qo'yganini ko'rganmi? Hamma hukmronlik qilishni va iloji boricha tezroq g'alaba qozonishni xohlaydi. Agar Jastinda birorta kuchli texnika bo'lib, uni ishga sololganida shu orqali yutardi", — dedi Topuriya.
Eslatib o'tamiz, Pimblett UFC'dagi debyutini 2022 yil mart oyida o'tkazgan. O'shandan beri u mag'lubiyatsiz harakat qilmoqda va ketma-ket 7 ta g'alabani qo'lga kiritgan. Bu ko'rsatkich vazn toifasi bo'yicha ikkinchi eng uzoq seriya hisoblanadi. Eng uzoq seriya esa Islam Maxachevga tegishli.