SportUz.Net

Rossiyalik sobiq jahon chempioni professional boksdagi faoliyatini yakunladi

19.04.2025 10:42    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir va birinchi og'ir vazn toifalarida ringga chiqib kelgan 42 yoshli rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov faoliyatiga yakun yasadi.

Bu qaror germaniyalik Artur Mannga qarshi xayrlashuv jangidan so'ng elon qilindi.

Kovalyov ushbu jangda ettinchi raunddagi nokaut orqali g'alaba qozondi.

Sergey 2013—2016, 2017—2018, 2019 yillarda WBO, 2014—2016 yillarda WBA Super va IBF yo'nalishlari bo'yicha yarim og'ir vazn chempioni bo'lgan. U 2014 yilda The Ring, WBO, Sports Illustrated va USA Today nashrlari tomonidan yilning eng yaxshi bokschisi deb tan olingan. 

SHuningdek, The Ring nashri talqiniga ko'ra, 2015 yilning 2 noyabridan 2016 yilning 19 noyabrigacha va 2017 yilning 22 martidan 17 iyunigacha Pound for Pound reytingida ikkinchi o'rinni egallagan. U The Ring talqini bo'yicha yil bokschisi deb topilgan birinchi rossiyalik hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: