SportUz.Net

IBA.Pro 2: Madiyar Saidrahimov rossiyalik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi

19.04.2025 00:42    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, CHelyabinsk shahrida (Rossiya) prof boks bo'yicha IBA.Pro 2 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Turnirdan o'rin olgan yana bir jang nihoyasiga etdi.

Unda og'ir vaznli o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Madiyar Saidrahimov Rossiya vakili Andrey Stockiyga qarshi ringga ko'tarildi.

6 raundlik bellashuv so'nggi raundda referi tomonidan to'xtatildi. Madiyar jangda texnik nokaut hisobiga muddatidan oldin zafar quchdi.

Bugungi jangi orqali 27 yoshli Saidrahimov prof faoliyatidagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning raqibi 30 yashar Andrey Strockiy esa hamyurti Sergey Lubkovich (5-1-1) singari prof karerasidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Lubkovich biroz avval o'zbekistonlik Saidjamshid Jafarovga imkoniyatni boy bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: