Avvalroq, musobaqa doirasida o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustalari — Saidjamshid Jafarov hamda Madiyar Saidrahimov ham ringga ko'tarilishi haqida xabar bergandik.
Biroz oldin "Premier Boxing Academy" jamoasi azosi Saidjamshid Jafarovning rossiyalik tajribali Sergey Lubkovich bilan bahsi yakuniga etdi. Super yarim o'rta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuv to'liq 6 raund davom etdi. Yakunda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Malumot uchun, bu Jafarovning prof faoliyati davomidagi oltinchi jangida qo'lga kiritgan beshinchi g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida bitta mag'lubiyat ham mavjud.
29 yashar Sergey Lubkovich esa bugun ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U bunga qadar 19 ta jangda 18 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatni qayd etgandi.