SportUz.Net

Kichik Do'smatovda mag'lubiyat. To'qqiz bokschimiz Rossiyadagi xalqaro musobaqa finalida!

18.04.2025 17:15    


Rasmni yuklab olish

Bugun Xabarovsk mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha "Konstantin Korotkov" xalqaro xotira turnirining yarim final janglari o'tkazildi.

Unda O'zbekiston terma jamoasining jami 14 nafar vakili ringga ko'tarildi. Yakunda vakillarimizning 8 nafari g'alaba qozongan bo'lsa, olti bokschimiz mag'lubiyat alamini totdi.

SHunday qilib, yarim final bosqichi yakuniga ko'ra, hal qiluvchi bosqichga yo'l olgan bokschilarimiz soni 9 nafarga etdi. Avvalroq, qura tashlash natijalarida Nurislom Ismoilov to'g'ridan-to'g'ri finalga o'tgan edi.

Terma jamoamizning etti nafar vakili esa musobaqani bronza medali bilan yakunladi: 

-57 kg. Xumorabonu Mamajonova

-60 kg. Rashida Tagirova

-66 kg. Aysanem Saruarova

-54 kg. Faryozbek Do'smatov

-57 kg. Sanjar Vahobov

-63,5 kg. Adhamjon Muhiddinov

-71 kg. Asilbek Abdurahmonov.

Bugungi natijalarimiz:

-50 kg: Gulsevar G'anieva - Gulinar Turapbay (Qozog'iston) 5:0

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Aydana Zabunbekova (Qozog'iston) 1:4

-60 kg: Rashida Tagirova - Rima Volosenko (Qozog'iston) 0:5

-66 kg: Aysanem Saruarova - Sun Hyo Hoang (KXDR) 2:3

-75 kg: Aziza Zokirova - Molka Mabruk (Tunis) 5:0

-54 kg: Faryozbek Do'smatov - Saken Bibosinov (Qozog'iston) 0:5

-57 kg: Sanjar Vahobov - Dmitriy SHipovskiy (Rossiya) 1:4

-80 kg: Rahmatulla Boymatov - Vasiliy Kaverin (Rossiya) 3:2

-60 kg: SHoxrux Abdumalikov - Gonbold Dorinyambuf (Mo'g'iliston) 4:1

-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Janbos Kadiraliev (Qozog'iston) 5:0

-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Radna Cibikov (Rossiya) 2:3

-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Asilbek Abdurahmonov 5:0

-86 kg: SHohjahon Abdullaev - Andrey Masalov (Belarus) 5:0

-86 kg: Nusratbek Tohirov - Saveliy Sadoma (Rossiya) 3:2.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: