Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu oqshom doirasida o'zbekistonlik ikki bokschi ham ringga ko'tariladi. "Premier Boxing Academy" jamoasi azosi Saidjamshid Jafarov 6 raundlik jangda rossiyalik Sergey Lubkovichga qarshi ringga chiqadi. Bu charm qo'lqop ustamiz uchun prof ringdagi ikkinchi jang bo'ladi. Tajribali Lubkovich esa 18 (12 nokaut) g'alaba va bir mag'lubiyatga ega.
Kecha bokschilar tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Ikkala bokschi ham 71 kilogrammgacha vazn toifasida tashkil etiladigan ushbu jang uchun belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Sergey Lubkovich - 70,6 kg, Saidjamshid Jafarov esa 70,75 kg vazn qayd etdi. Saidjamshid to'rt kun avval Boku shahrida yakuniga etgan "Buyuk ipak yo'li" turnirida Ozarbayjon nomidan qatnashib, yakunda chempion bo'lgan edi.
Bugun turnir kardidan Madiyar Saidrahimov ishtirokidagi jang ham o'rin olgan. Bokschimiz 6 raundlik jangda rossiyalik Andrey Stockiyga qarshi bahs olib boradi. Hamyurtimiz tarozida raqibidan bir kilogrammga yaqin og'irroq tosh bosdi.
IBA PRO tarozi natijalari:
-71 kg, 6 raund, IBA PRO: Sergey Lubkovich (18-0-1, KO 12, 70,6 kg) - Saidjamshid Jafarov (1-0, O'zbekiston, 70,75 kg);
-90,7 kg, 6 raund, IBA PRO: Andrey Stockiy (5-0-1, KO 3, Rossiya, 90,35 kg) – Madiyar Saidrahimov (1-0, O'zbekiston, 91,2 kg);
Bugungi turnirning asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov ishtirokidagi o'tkaziladi. Ushbu jangga tayyorgarlikning katta qismini O'zbekistonda o'tkazgan rossiyalik bokschi germaniyalik Artur Mannga qarshi ringga chiqadi. Bu Kovalyov uchun professional faoliyatidagi so'nggi jang bo'ladi.