Qozog'istonning Octagon League tashkiloti o'tkazadigan mazkur musobaqaning ikki asosiy bellashuvi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, markaziy jangda engil vazn toifasida Liganing o'zbekistonlik amaldagi chempioni Doston Bozorov (11-1) Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimov (14-5-1) bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Yodingizda bo'lsa, Madrahimov so'nggi ikki jangini hamyurtimiz Muhiddin Mamajonovga qarshi o'tkazib, dastlabkisida g'olib bo'lgandi, ikkinchi jangda esa durang qayd etilgan.
Co main event esa aynan Muhiddin Mamajonov (7-1-1) ishtirokida o'tkaziladi. Hamyurtimizga o'sha kuni mag'lubiyatsiz odimlayotgan qozog'istonlik Sayat Abduali (7-0) raqib bo'ladi.