SportUz.Net

Xirn Ennisning ehtimoliy raqiblariga murojaat qildi, ular orasida G'iyosov ham bor!

15.04.2025 12:51    


Rasmni yuklab olish

Promouter Eddi Xirnning fikricha, Jeyron Ennisning (34-0, 30 KO) potencial raqiblari gonorarga emas, balki IBF va WBA kamarlarini qo'lga kiritish imkoniyatiga etibor qaratishlari kerak.

"Bu yigitlarga maosh to'lanadi, lekin ular o'z ambiciyalarini ko'rsatishlari kerak. Hozircha gap faqat pulda. Divizionda birinchi raqamli bokschiga aylanish uchun harakat qilish-chi? Misol uchun, hurmat bilan Brayan Normanni bilan olaylik. U yaqinda Las-Vegasda 150 000 AQSH dollari uchun jang qildi. Filadelfiyada yana jang qilsak, Ennis shubhasiz butun arenani to'ldiradi. Bu aniq. Aytmoqchi bo'lganim, pul bor, lekin siz ham ambiciya namoyish etishingiz kerak", dedi Xirn.

Malumot uchun, o'zbekistonlik yarimo'rta vaznli prof bokschi SHahram G'iyosov Jeyron Ennisga tegishli bo'lib turgan WBA chempionlik kamariga majburiy davogar hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: