Eslatib o'tamiz, WBC tashkiloti Benavidesni Bivol uchun majburiy raqib sifatida belgilagan edi va ular 7 aprelga qadar jang haqida kelishib olishlari kerak edi. Ammo Bivol jamoasi boshqa qaror qabul qildi.
"Hozirgina Bivol men bilan jang qilish o'rniga, kamardan voz kechganini bildim. Bu qaror meni WBC yarim og'ir vazndagi jahon chempioniga aylantiradi. Albatta, chempion bo'lish uchun ideal yo'l emas, ammo baribir endi men WBC chempioniman", — deb yozdi Benavides ijtimoiy tarmoqlarda.