Kecha musobaqaning ikkinchi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar bokschisi ringga ko'tarildi va yakunda ular orasida faqatgina SHodiyorjon Meliqo'ziev o'z jangida rossiyalik raqibiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Hasanboy Do'smatov esa ukasi Faryozbek bilan kutilganidek chorak finalning o'zida to'qnash keldi. Bu vaziyatda avval bo'lganidek, Hasanboy jangga chiqmadi va o'z-o'zidan Faryozbek keyingi bosqichga yo'l oldi. Endi u qozog'istonlik Saken Bibosinovga qarshi ringga ko'tariladi.
Kechagi natijalarimiz:
-75 kg: Aziza Zokirova - SHugila Nalibay (Qozog'iston) 5:0
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Ramazan SHaltimaev (Rossiya) 5:0
-71 kg: Asilbek Abdurahmonov - Faruh Tohtasinov (Qozog'iston) 5:0
-80 kg: Rahmatilla Boymatov - Mixail Eremev (Rossiya) 1 raundda texnik g'alaba
-54 kg: Hasanboy Do'smatov - Faryozbek Do'smatov Faryozbek keyingi bosqichga yo'l oldi.
-57 kg: Sanjar Vahobov - Zaxar Veshnovskiy (Belarus) 5:0
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Omatbek Belekbaev (Qirg'iziston) 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Erdenetsogt Bat-Uli (Mo'g'iliston) 2 raundda texnik g'alaba
-48 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Volodya Mnatsakanyan (Rossiya) 1:4
Saidjamshid Jafarovning IBA.Pro 2'dagi tajribali raqibiga qarshi jangi to'liq davom etdi