"Islam ikki marta 66 kg vazn chempioniga imkoniyat berdi va har ikkisida ham g'alaba qozondi. Endi tasavvur qiling: Topuriya to'g'ridan-to'g'ri titul uchun jang qiladi va Islam g'alaba qozonadi. Keyin Topuriya yana bir jang o'tkazib, yana yutqazadi. U 70 kg vaznda hech kim bo'lmagan — va Islam o'sha “hech kim”ni yutgan bo'ladi.
Islam shunday deydi: “U jang qilsin, haqiqiy davogar bo'lsin”. Bu to'g'ri. Bir marta, ikki marta, endi uchinchi marta 66 kg chempionini 70 kg vaznga olib chiqishyapti. Kechirasiz, lekin Islam ham o'z obro'siga ega", — dedi Xabib.
Saidjamshid Jafarovning IBA.Pro 2'dagi tajribali raqibiga qarshi jangi to'liq davom etdi