Avval xabar berganimizdek, musobaqada jami 5 nafar hamyurtimiz bahs olib boradi. Turnirning ilk kuni doirasida yarimengil vazn toifasidagi bellashuvlarga start beriladi. Unda hamyurtimiz Ayubxon Baxtiyorov ishtirok etadi.
Baxtiyorovga dastlabki bosqichda Franciya vakili Jamal Xajab raqiblik qiladi. Bugungi janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, Gran-prida Baxtiyorovdan tashqari Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumovga ham muxlislik qilamiz.