"Unga xos bo'lgan zarba texnikasi hali mukammal emas. Hali hamon ko'plab xatolarga yo'l qo'yadi, hali etarlicha pishmagan. Biroq, uning grepplingi elita darajasiga chiqdi. Agar u yuqori poziciyani egallasa, raqiblarini yo'q qilib yuboradi.
Agar divizionning Top sportchilari haqida gapiradigan bo'lsak, u erda albatta, Pimblettni zarbalar bilan to'xtata oladigan yigitlar bor. Lekin menda unga nisbatan hech qanday qarshilik yo'q — Pimblett buni yana bir bor uddaladi. Biz uni hurmat qilishimiz kerak", — dedi Usman o'zining YouTube-kanalida.
Saidjamshid Jafarovning IBA.Pro 2'dagi tajribali raqibiga qarshi jangi to'liq davom etdi