SportUz.Net

Iliya Topuriya o'zini engil vazn UFC chempioni deb elon qildi

25.03.2025 16:42    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya sharafini himoya qilayotgan gruziyalik aralash yakkakurash ustasi chempion bo'lishi uchun Islam Maxachevni mag'lub etishi shart deb hisoblamaydi.

"Men – engil vazn chempioniman! Bunga shubham yo'q. Aksi bo'lsa, vaznimni almashtirib o'tirmas edim. Bu divizionda men bilan raqobat qila oladigan jangchini ko'rmayapman. Mening darajamdagi jangchi engil vaznda yo'q", – dedi Topuriya Men’s Health Spain nashriga bergan intervyusida.

SHuningdek, Iliya nima uchun yarimengil vazndagi chempionlik kamarini vakant, yani egasiz qoldirganini ham tushuntirdi.  

"Men o'zimni majburlab vaznimni ushlab turishdan mano ko'rmadim. CHempionlik yo'lida kechayu kunduz mehnat qilayotgan yigitlar bisyor. Ular ham o'z imkoniyatlarini sabrsizlik bilan kutiyashpti. Ularning orzulari yo'liga to'g'anoq bo'lishni o'zimga ep ko'rmadim. Bu men tomondan xudbinlik bo'lardi. Kamarimni topshirganim bilan men chempion bo'lib qolaveraman. O'zimni qirollardek his qilishim uchun albatta qo'limda kamar bo'lishi shart emas", – deya so'zlariga yakun yasadi Topuriya.

Malumot uchun, Iliya Topuriya bo'shatib qo'ygan chempionlik kamari uchun Aleks Volkanovski va Diego Lopes kelasi oyda o'zaro jang o'tkazishadi. Topuriyaning engil vazndagi raqibi esa ikki haftadan keyin rasman elon qilinadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: