SportUz.Net

Krouford endi Madrimovning vaznida WBO kamari uchun davogarlik qila olmaydi

23.03.2025 13:33    


Rasmni yuklab olish

WBO prezidenti Gustavo Oliveri super yarimo'rta vazn toifasi WBA yo'nalishida amerikalik chempion Terens Krouford (41-0, 31 KO)ning rejalari haqida gapirdi.

"Biz Kroufordning bu divizionga qaytmasligini va Kaneloga qarshi jang rasman elon qilinganidan so'ng WBO Interim unvonidan voz kechishini tasdiqladik. SHuning uchun uning majburiy davogar sifatidagi maqomi o'z kuchini yo'qotadi. 

Men WBO qo'mitasiga reytingda birinchi raqamli bo'lib turgan Xander Zayasni divizionda majburiy davogar etib tayinlashni tavsiya qilaman. Agar shunday qaror qabul qilinsa, Fundora-Buker jangi g'olibi chempionlik unvonini himoya qilish bo'yicha majburiy talabni bajarish uchun jangdan keyin 120 kun ichida Zayas bilan to'qnash kelishi kerak bo'ladi", deb yozdi Oliver o'zining X (Twitter)dagi sahifasida.

Bu vazn toifasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Isroil Madrimov ham o'z janglarini o'tkazib kelyapti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: